Gayanada Islom

Gayanada islom xristianlik va hinduizmdan keyin dindorlar soni boʻyicha uchinchi dindir. 2002-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Gayana aholisining 7,3 % musulmonlar[1]. Biroq, Pew Research Center tomonidan 2010-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholining 6,4 foizi oʻzlarini musulmon deb bilishgan[2].

Islom Gayanaga Gʻarbiy Afrikadan qullar orqali kelgan, ammo plantatsiyalarda dindorlikning namoyon boʻlishi bostirilgan. Biroq, Islom haqiqatan ham XIX asrning oʻrtalarida Gayanada oʻsdi, oʻshanda koloniyaga Janubiy Osiyodan xizmatkorlar va qullar olib kelingan. 1966-yilda mustaqillikka erishgach, Gayana Yaqin Sharq mamlakatlari va musulmon dunyosining boshqa qismlari bilan aloqalarini mustahkamladi. 1998 yilda Gayana Islom hamkorlik tashkilotiga qoʻshildi.

Qurbon hayiti, Ramazon hayiti va Mavlid bayramlari Gayanada rasman tan olingan. Musulmon bayramlarini nishonlash islom taqvimidagi sanaga qarab farq qiladi.

Koʻpchilik musulmon gayanliklar hindlarning avlodlari yoki toʻgʻridan-toʻgʻri hind boʻlganligi sababli, hind tili ular oasida mashhurdir. Bu tilda ular Bollivud filmlarini tomosha qilishadi va hind musiqasini tinglashadi.

Amerikalik-gayaniyalik professor Raymond Chikri soʻzlariga koʻra, Gayana musulmonlari boshqa din vakillari bilan faol hamkorlik qiladi. Chikri aytganidek, „Gayanadagi musulmonlar va hinduiylar juda iliq munosabatlarga ega. Ular bir-birlarining makonini hurmat qilishadi, madaniy va hatto til jihatidan ham hamkorlik qilishadi.“

Musulmonlarga 1994 yilgacha ovoz berish huquqi berilmagan. Shabnam Alli „Musulmonlar Gayana ijtimoiy-iqtisodiy sektorida faol ishtirok etmoqda“ deb yozadi. Biroq hukumatda musulmonlar kam.

  1. „Wayback Machine“. web.archive.org (2017-yil 11-yanvar). 2017-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  2. 1615 L. St NW, Suite 800 Washington, DC 20036 USA202-419-4300 | Main202-419-4349 | Fax202-419-4372 | Media Inquiries. „Religious Composition by Country, 2010-2050“ (en). Pew Research Center’s Religion & Public Life Project (2015-yil 2-aprel).

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by razib.in